"Real Madrid" "Arsenal"dagi futbolchisini ortga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 243

"Arsenal"da ijarada o'ynayotgan "Real Madrid" yarim himoyachisi Dani Sebalos mavsum oxirida Londonni tark etadi.
Bu haqda jurnalist Nikolo Shira o'zining tvitterdagi sahifasida e'lon qildi.
Klub rahbariyati "kanonirlar" safida ikki yildan buyon o'ynab kelayotgan futbolchining xizmatlaridan keyingi mavsumdan foydalanmoqchi.
24 yoshli Sebalos "Arsenal"ning 33 o'yinida maydonga tushgan va ushbu mavsumda ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.
"Real"ning "Arsenal"ga ijaraga berilgan yana bir yarim himoyachisi Martin Edegod londonliklar safida o'ynashni davom ettirishi mumkin.
Norvegiyalik yanvar oyida "Arsenal"ga olti oylik ijaraga o'tgan edi. O'shandan beri u jamoa tarkibida 13ta o'yin o'tkazib, unda ikkita gol urgan.
Hozirda "Arsenal" Angliya Premer-ligasida 11-o'rinni egallab turibdi

Bosh sahifaga
204