«Yuventus» o'z uyida «Jenoa»ga imkoniyat qoldirmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

Italiya A Seriyasining 30-turidan o'rin olgan bahsda «Yuventus» o'zi maydonida «Jenoa»ni qabul qildi. «Alyants» o'yingohida kechgan bahs, maydon egalarining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan nihoyalandi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida mezbonlar tezkor gol urib, hisobni ochishdi. Kuadradoning uzatmasini Kulusevski golga aylantirdi. Keyinchalik, bo'lib o'rtadarida Morata oradagi farqni yana bittaga oshirdi.
Ikkinchi bo'limni esa mehmonlar faol boshladi. 49-daqiqada Skamakka burchak zarbasini boshi bilan golga aylantirgan holda hisobni qisqartirdi.
«Yuventus»ning uchinchi goli esa zaxiradan maydonga tushgan Veston Makkenni tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, ushbu g'alabdan so'ng, Turin klubi ochokolar sonini 62taga etkazib, uchinchi o'ringa joylashdi. Bugungacha 32 ochko jamg'argan «Jenoa» esa o'n uchinchi o'rinda bormoqda.
«Yuventus» – «Jenoa» 3:1 (2:0, 1:1) «Alyants Stedium»
Gollar: 1:0 – 4 Kulusevski, 2:0 – 22 Morata, 2:1 – 49 Skamakka, 3:1 – 70 Makkenni.
«Yuventus» – Shchensnii, de Ligt, Danilo, Kellini, Kulusevski (Makkenni, 68), Kuadrado (Aleks Sandro, 46), Rabo (Remzi, 84), Bentankur, Keza (Artur, 75), Ronaldu, Morata (Dibala, 68).
«Jenoa» – Perin, Biraski (Gilone, 46), Krishito, Masello, Dzappakosta, Bexrami (Pyatsa, 46), Radovanovich, Rovella (Zayts, 63), Badel, Skamakka (Melegoni, 70), Pandev (Shomurodov, 63).
Ogohlantirishlar:
Kuadrado (20), Kulusevski (37), Bexrami (38), Rovella (53), Krishito (62), Aleks Sandro (82).

Bosh sahifaga
190