Buffon Turinda yana bir yil qoladimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120
Italiyaning Tuttosport nashri xabar berishicha, "Yuventus" jamoasi yozda shartnomasi tugaydigan darvozabonni o'z tarkibida saqlab qolmoqchi. 43 yoshli futbolchining o'zi ham Turin jamoasida o'ynashni davom ettirishga qarshi emas.
Buffon joriy mavsum A Seriyada oltita o'yin o'tkazdi va uch marta darvozasidan to'p o'tkazib yubordi.
Avvalroq ko'proq o'yin amaliyoti uchun Janlujji "keksa sinyora" jamoasini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi. Shuningdek, darvozabonning xizmatlaridan "Atalanta" va "Napoli" foydalanmoqchiligi haqida xabarlar e'lon qilingan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!