Namangan shahar hokimi “Navbahor”dagi holat bilan tanishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

10 aprel kuni Namangan shahar hokimi G'ofurjon Jamalov “Markaziy” stadionga tashrif buyurib, “Navbahor” PFK prezidenti Otabek Samatov bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuv davomida shahar hokimi stadionda xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishib, bu borada o'z tavsiyalari va takliflarini berdi.
Shuningdek, G'ofurjon Jamalov “Navbahor” klubi bazasidagi shart-sharoitlarni ham ko'zdan kechirdi, futbolchilar, jamoa bosh murabbiyi Viktor Jalilov bilan suhbatlashib, ularga keyingi o'yinlarda kuch-quvvat va omad tiladi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242