A seriya. Ibrahimovich chetlatilgan o'yinda «Milan» g'alaba qozondi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 186

"Milan" uchun Italiya chempionati doirasida mavsum oxirigacha bo'lgan har bir bahs muhim ahamiyatga ega. Jamoa bugun safarda "Parma" klubi mehmoni bo'lib, 3 ochkoni qo'lga kiritdi.
"Rossoneri" birinchi bo'limni ancha ishonchli o'tkazdi hamda uyushtirilgan ikkita chiroyli kombinatsiya evaziga 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Ikkinchi bo'limning 60-daqiqasida esa hakam Zlatan Ibrahimovichni maydondan chetlatdi (shvetsiyalik futbolchiga nima uchun "qizil" ko'rsatilgani tushunarsiz bo'ldi). Oradan ko'p o'tmasdan "Parma" bitta javob to'pini kiritib, o'yinga intrigani qaytardi.
Ikkinchi taymga qo'shib berilgan daqiqalarda esa "Milan" qarshi hujum tashkil qilib, bahsga nuqta qo'ydi — 1:3.
Ushbu g'alabadan so'ng "Milan" o'z ochkolarini 63taga etkazdi hamda 2-pog'onani egallab turibdi.
Italiya A seriyasi, 30-tur
Parma – Milan 1:3 (0:2)
Gollar: 0:1 – 8 Rebich, 0:2 – 44 Kessie, 1:2 – 66 Galolo, 1:3 – 90 Rafael Leau.
Parma – Sepe, Konti (Traore, 85), Bani, Petstsella (Byusi, 74), Galolo, Kutska, Ernani (Grassi, 61), Jervino (Kornelius, 46), Kurtich, Man, Pelle.
Milan – Donnarumma, Teo, Tomori, Kalulu (Gabbiya, 78), Ker, Chalxanoglu (Krunich, 77), Salemakers (Diogu Dalot, 72), Kessie, Bennaser (Meyte, 72), Rebich (Rafael Leau, 84), Ibrahimovich.
Ogohlantirishlar: Bani (10), Chalxanoglu (24), Petstsella (37), Galolo (38), Kutska (63), Teo (78), Kessie (81), Meyte (90).
Chetlatish: Ibrahimovich (60).

Bosh sahifaga
252