Mbappeda ajoyib ko'rsatkich
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221

«Bavariya» darvozasini ikki bor ishg'ol qilgan «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar orasida Chempionlar Ligasining eng yaxshi to'purariga aylandi. Frantsiyalik futbolchi barcha ko'rsatkichlar bo'yicha «Barselona» hujumchisi Lionel Messidan o'zib ketdi.
«Bavariya» darvozasiga dubldan keyin Mbappening EChLDagi gollari soni 27taga etdi. U bu borada Grizmann, Suares, Rivaldo, Saloh va Giggz kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.
Mbappening EChL pley-off bosqichlarida urgan gollari soni 13tani tashkil qilmoqda. Frantsiyalik futbolchilar orasida undan ko'p faqat Karim Benzema urgan - 19.
Manba: interfutbol.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245