«Nasaf» mehmonda «Qizilqum»ning kichik seriyasiga barham berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

O'zbekiston Superligasining 5-turi doirasida kechgan uchrashuvda «Nasaf» «Qizilqum» maydoniga safar uyushtirdi.
Navoiydagi markaziy o'yingohida kechgan bahsda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Dastlab, birinchi bo'lim avvalida Marko Stanoevich jarimadan gol gol kiritib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Shundan so'ng mezbonlar sardori Oybek Qilichov «Nasaf» darvozasiga belgilangan penaltidan unumli foydalangan holda muvozanatni tikladi. Shu tariqa taym durang bilan nihoyalandi.
Ikkinchi bo'lim ohirlarida esa yana Stanoevich katta sahnvgv chiqdi va Ignatiy Nesterov darvozasiga jamoasining ikkinchi, g'alaba golini kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Yakunda, qarshiliklar ortda qolgan 4 tur natijalariga ko'ra birorta ham mag'lubiyat qayd etmagan(1 g'alaba, 3 durrang) navoiyliklar ustidan g'alaba qozonib 3 ochkoga ega chiqishdi.
«Qizilqum» – «Nasaf» - 1:2
Gollar: Marko Stanoevich 2, - 0:1. Oybek Qilichev 15 penalti, - 1:1. Marko Stanoevich 82, - 1:2.
«Qizilqum»: 1. Ignatiy Nesterov, 6. Erkin Baydullaev, 7. Oybek Qilichev (10.Mate Vatsadze, 74), 8. Giorgi Kuhianidze (18.Jasur Azimov, 42), 17. Salim Mustafoev, 19. Jamshid Hasanov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 23. Sherali Jo'raev, 30. Elguja Grigalashvili, 62. Jahongir Ergashev (4.Mirjalol Qosimov, 60), 75. Oleg Tolmasov.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 14.Fayzulla Qambarov, 15.Husan Rasulov, 25.Azizbek Usmonov.
"Nasaf": 1. Umidjon Ergashev, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G'olib G'aybullaev (70.Abubakr Rizo Turdialiev, 78), 6. Murod Xo'jamberdiev (20.Suhrob Nurulloev, 78), 14. Shokir Yo'ldoshev, 15. Jo'rabek Mannonov (8.Dilshod Saitov, 59), 19. Husain Norchaev, 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullaev, 88. Marko Stanoevich, 92. Umar Eshmurodov.
Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 25.Muhriddin Zoirov, 28.Sardor Sadullaev, 50.Shohmalik Komilov.
Ogohlantirishlar: G'olib G'aybullaev 14, Akmal Mozgovoy 41, Shokir Yo'ldoshev 45+1,
Manba: stadion.uz
Bosh sahifaga
218