De Yong: «Chempionlik o'z qo'limizda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

«Barselona» yarimhimoyachisi Frenki De Yong bugungi «El-Klasiko» va jamoasining La Liga chempionligi yo'lidagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
«La Liga chempionligi o'z qo'limizda. Agar oldimizdagi barcha o'yinlarda g'alaba qozonsak, bosh sovrinni qo'lga kiritishimizga ishonaman. Bu faqat o'zimizga bog'liq. Ayni dam "El-Klasiko"da zafar quchish juda muhim.
Ushbu g'alaba ko'p narsalarga oydinlik kiritib beradi. Bu "Klasiko" oldingilaridan farq qilmaydi. Bizda "Real"ga qarshi barcha bahslarda g'olib bo'lish ishonchi kuchli bo'ladi», - deydi De Yong.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
323