Keyn uchun APLning ikki grandi kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn ushbu yozda jamoani tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda The Athletic.
Manbaga ko'ra, «shporlar» 2020/2021 yilgi mavsum oxirida Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa, 27 yoshli futbolchi jamoani tark etadi.
Ma'lum bo'lishicha, Keynning xizmatlariga «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.
Klublar vaziyatni kuzatib borishmoqda va futbolchini transfer qilish bo'yicha «Tottenxem»ga taklif bilan chiqishga tayyor. Oldinroq Keynga «Barselona» va «Real» qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ushbu mavsumda hujumchi, «shporlar»ning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Uning hisobida 19 gol 13 assist mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
296