Sarri Italiya klubini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Taniqli murabbiy Mauritsio Sarri «Fiorentina» boshqaruviga o'tishni istamadi, deb xabar beradi Football Italia.
Manbaning xabariga ko'ra, 62 yoshli italiyalik mutaxassis mavsum davomida biron bir klubni boshqarmoqchi emas. U faqat chempionatning boshidanoq to'laqonli ish bilan qiziqadi.
«Binafsharanglilar»dan tashqari Sarri «Marsel»da ishlashdan ham bosh tortdi. O'z o'rnida «Napoli» va «Roma» murabbiy bilan aloqada bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, italiyalik murabbiy «Yuventus»dan o'tgan yozda ishdan bo'shatilgan va o'shandan beri ishsiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246