«Bavariya» o'z futbolchisi bilan bilan shartnomani uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

Jurnalist Nikolo Shkiraning xabar qilishicha, «Bavariya» tez orada yarim himoyachisi Leon Gorettskaga yangi shartnoma taklif qiladi.
Manbaga ko'ra, myunxenliklarga yarim himoyachi ko'rsatayogan o'yin yoqadi. Klub ham, 26 yoshli nemis ham qo'shma hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor va yangi muzokaraning tafsilotlari allaqachon muhokama qilingan.
Futbolchining nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil iyungacha tuzilgan.
2020/2021 yilgi mavsumda Gorettska «Bavariya» tarkibida barcha musobaqalarda 29 uchrashuv o'tkazib, shularda 8 gol va 9 golli uzatma amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245