APLning navbatdagi tur o'yinlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II ning turmush o'rtog'i va Edinburg gertsogi shahzoda Filipp vafot etdi.
Angliya Premer-Ligasi shu munosabat bilan hamdardlik bildirdi va chempionatning yaqin turdagi o'yinlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanishini ma'lum qildi. Futbolchilar shuningdek, qora bog'ich taqqan holda o'ynashadi.
Shahzoda Filipp 99 yoshida olamdan o'tdi. Uning 100 yillik yubileyiga taxminan 2 oycha vaqt bor edi.
2021 yilning boshida shahzoda Filipp kasalxonaga yotqizilgan va bir oycha davomida o'sha erda bo'lgandi. Undan keyin yuragini operatsiya qildirgan marhum mart oyi o'rtalarida kasalxonadan chiqarilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275