«El-klasiko»ni boshqarib boradigan hakam o'zgardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

Ispaniya La Ligasi 30-turi doirasida bo'lib o'tadigan «Real» — «Barselona» uchrashuvi hakami o'zgardi.
Avvaliga uchrashuvni Mateu Laos boshqarishi rejalashtirilgandi. Uning o'rniga «el-klasiko»ni Xesus Xil Mansano boshqarib boradi.
Marca’ning xabar qilishicha, Mateu Laos jarohat sabab bu o'yinda ishtirok eta olmaydi. Avvalroq hakam Chempionlar Ligasi doirasidagi «Bavariya»—PSJ uchrashuvini (2:3) boshqarib borgandi.
Ma'lumot uchun, Xil Mansano «Barselona» sobiq MSN triosining (Messi, Suares va Neymar) barcha vakiliga qizil kartochka ko'rsatgan yagona hakam hisoblanadi.
«El-klasiko» Toshkent vaqti bilan 10 apreldan 11 aprelga o'tar kechasi 00:00 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270