Shedevr gol! Igor Sergeev Qozog'iston chempionatida maydon markazidan gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

Qozog'iston Premer Ligasi 4-turi doirasida «Aqto'be» jamoasi 9 aprel, juma kuni o'z maydonida «Ordabasi»ni qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlar 8 ta gol urishga erishdi. Shulardan 4 tasi mezbonlar, yana 4 tasi esa mehmonlar hisobiga yozildi. «Aqto'be» safida Igor Sergeev, Erkebulan Nurgaliev, Rifat Nurmugamet, Mixal Erjabek, «Ordabasi» safida esa Temirlan Erlanov, Juan Paulo da Silva (2 ta) va Sergey Xichnichenko gol urishga erishdi.
Gap shundaki, «Aqto'be» safida to'p tepayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Igor Sergeev mazkur bahsda maydon markazidan o'ta kuchli zarba yo'llab gol urishga erishdi. Futbolchi maydonda 81 daqiqa harakat qildi.
Eslatib o'tamiz, Sergeev 2021 yil fevralida «Aqto'be» bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolagan. Ungacha Igor «Paxtakor» sharafini himoya qilib kelayotgandi. Hujumchi aqto'beliklar safida Qozog'iston chempionatining 4 ta o'yinida qatnashib, 2 ta gol urishga erishdi. Transfermarkt portali Sergeevning ayni damdagi narxi 1,5 million evro ekanligini ko'rsatmoqda.

Bosh sahifaga
241