«Ayaks» ustozi: «Bir haftadan keyin shu darajada o'yin ko'rsatsak, bizda g'alaba qozonish uchun imkoniyat yuzaga keladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

«Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Xag Evropa Ligasi 1/4 finalidan o'rin olgan «Roma»ga qarshi o'yindan (1:2) keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
«Bu yoqimsiz holat. O'yin borishini nazorat qildik, penaltini hisobga olmaganda ham ko'plab vaziyatlar yaratdik. Antonining o'zida gol urish uchun uchta imkoniyat bo'ldi. Ammo, bir daqiqada hammasi o'zgarib ketdi. Ular hisobni tenglashtirgan vaziyat — jarima zarbasi o'yinni o'zgartirib yubordi.
Bir haftadan keyin shu darajada o'yin ko'rsatsak, bizda g'alaba qozonish uchun imkoniyat yuzaga keladi. Shunday bo'lsa-da, biz 1:2 hisobida ortda boryapmiz, shuning uchun bizga qiyin bo'ladi», — deydi ten Xag.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189