«Arsenal» yomon seriya qayd etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

«Arsenal» Evropa Ligasi chorak finalidan o'rin olgan ilk o'yinni o'tkazdi va o'z maydonida Praganing «Slaviya» jamoasini enga olmadi — 1:1.
Mikel Arteta shogirdlarining g'alabasiz o'yinlar seriyasi to'rttani tashkil etmoqda.
Avvalroq, londonliklar «Olimpiakos» (0:1) va «Liverpul» (0:3) klublariga imkoniyatni boy bergan va «Vest Xem»ga qarshi jangovar durang (3:3) qayd etgandi.
«To'pchilar» oxirgi marta 14 mart kuni g'alaba qozonishgan va o'shanda ular hamshahri «Tottenhem»dan ustun kelishgan edi.
«Arsenal» keyingi o'yinini 11 aprel kuni «Sheffild Yunayted»ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203