Sulsher: «Ispaniyada o'ynash qanchalik qiyin ekanligini bilamiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

MYu bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Evropa Ligasi chorak finalidan joy olgan «Granada»ga qarshi bahsdan (2:0) keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«O'yin biz kutganchalik ideal bo'lmadi. Bizda uchta sariq kartochka va bu 3 ta diskvalifikatsiya degani. 2:0 — juda yaxshi natija va biz Ispaniyada o'ynash qanchalik qiyin ekanligini bilamiz. U erda natija qayd etmoqchi bo'lsangiz, haqiqatan ham yaxshi o'yin namoyish etishingiz kerak.
Biz har o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz. Jamoamiz hali yosh va o'rganishda davom etmoqda. Doimiy o'sib borish lozim. Xotirjamlikka berilsangiz, raqibingiz sizni quvib o'tadi. Shunday ekan, masalaga boshqacha munosabatda bo'lish mumkin emas», — deya Sulsherning gaplaridan iqtibos keltirdi BT Sport.

Bosh sahifaga
184