«Boka Xuniors» Kavaniga shartnoma taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

Argentinaning "Boka Xuniors" klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani bilan bog'liq vaziyatni kuzatib bormoqda.
Jurnalist Nikolo Skira tarqatgan xabarga ko'ra, argentinaliklar 34 yoshi futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilishmoqda. Unga ko'ra, urugvaylik futbolchining yillik maoshi 4 million evroga teng bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Kavanining "MYu" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Shu bois, u erkin agent sifatida jamoani tark etdi.
Kavani joriy mavsumda 27ta o'yinda ishtirok etib, 7ta gol va 2ta assist muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
180