Benzema «El-Klasiko»dan oldin nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 326

Madridning «Real» klubi forvardi Karim Benzema yaqinlashib kelayotgan «Barselona»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
«El-Klasiko dunyodagi eng qiziq qarama-qarshilik. Bu jamoalar uzoq yillar davomida ajoyib tarix yaratishgan. "Barselona" to'p bilan o'ynashni yaxshi ko'radi. Ularda ajoyib darvozabon va Messi bor.
Biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. "Barselona" bilan kechadigan har qanday bahs qanday maqomda bo'lishidan qat'i nazar biz uchun finalga teng», - deydi Benzema.
Eslatib o'tamiz, «El-Klasiko» 10 aprelda bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248