Markinosning jarohati borasida ma'lumot berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa sardori Markinosning jarohati borasida fikr bildirdi.
Braziliyalik o'yinchi «Bavariya»ga qarshi bahsda gol urishning uddasidan chiqdi. Biroq birinchi bo'limning o'zidayoq jarohati bois maydonni erta tark etishga majbur bo'lgandi.
«Markinos haliyam og'riqni his etyapti. Uning to'pig'ida jiddiy muammo bor. Umid qilamizki, u tez orada safga qaytadi. Lekin buning qachon sodir bo'lishi noma'lum», - deydi Pochettino.
Eslatib o'tamiz, PSJ hamda «Bavariya» uchrashuvi 13 aprel sanasida «Park de Prens» o'yingohida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238