
Konseysau: «Sensatsiyaga ishonyapman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 72

«Portu» bosh murabbiyi Serjiu Konseysau «Chelsi» bilan o'yindan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirdi.
«Natijadan qoniqmadim. Mag'lubiyatli o'yin bo'lmagandi. Bizda ham imkoniyatlar kam bo'lmadi, biroq raqib o'z vaziyatlaridan foydalandi xolos. Biroq sensatsiyaga ishonyapman.
"Chelsi"da futbolchilar selektsiyasi yaxshi yo'lga qo'yilgan. Buni zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar misolida ham ko'rish mumkin. Biroq biz g'alabaga ko'proq haqliroq edik deb o'ylayman. Futbolda bunday natijalar ham bo'lib turadi», - deydi murabbiy.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!