Gabi faoliyatini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 209

Ispaniyalik mashhur futbolchi Gabi professional faoliyatini yakunladi. Bu haqda «Atletiko» Madrid rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Bizning afsonamiz - Gabi faoliyatini yakunladi», - deb yoziladi klub xabarida.
37 yoshli Gabi «matraschilar» safida 2004-2007 hamda 2011-2018 yillarda to'p surgan. U ushbu davr mobaynida «Atletiko» libosida jami 413ta o'yin o'tkazdiib, o'z hisobiga 10ta gol hamda 43ta golli uzatma yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.
Gabi «Atletiko»dan tashqari «Xetafe», «Saragosa» va «Al-Sadd» klublarida ham o'ynagan. U Ispaniya chempionati, Ispaniya kubogi, Ispaniya Superkubogi, Evropa ligasi va UEFA Superkubogi g'olibi hisoblanadi.
Manba: interfutbol.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230