«Yuventus» qoldirilgan bahsda «Napoli»ni arang engdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

Italiya A Seriyasi 3 turining qoldirilgan bahsida «Yuventus» o'z maydonida «Napoli»ni qabul qildi va kichik hisobda zafar quchdi (2:1).
Dastlab 13 daqiqada Ronaldu hisobni ochgan bo'lsa, keyinchalik Dibala 73 daqiqada farqni 2 tagacha oshirib qo'ydi.
Uchrashuvning so'nggi soniyalarida esa Insine penaltidan gol urib hisobni qisqartirishga erishdi.
Shu bilan «Yuventus» 3 o'ringa ko'tarilgan bo'lsa «Napoli» 5 pog'onada qoladigan bo'ldi.
"Yuventus" - "Napoli" 2:1
Gollar: Ronaldu, 13 - 1:0, Dibala, 73 - 2:0, Insine (pen), 90 - 2:1
"Yuventus": Buffon, Aleks Sandro, Danilo, de Ligt, Kellini, Kuadrado (Makkenni, 69), Bentankur, Rabo, Keza (Artur, 80), Ronaldu, Morata (Dibala, 69).
"Napoli": Meret, Di Lorentso, Xyusay (Mariu Ruy, 76), Kulibali, Rraxmani, Fabian Ruis (Petanya, 89), Zelinski, Insine, Demme (Osimxen, 54), Losano (Politano, 54), Mertens (Elmaz, 76).

Bosh sahifaga
162