Erik ten Xag: «Italiya jamoalari bilan oldindan hech narsani bilib bo'lmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

«Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Xag «Roma»ga qarshi Evropa Ligasining chorak final, dastlabki uchrashuvi oldidan fikr bildirdi.
«"Roma" ning o'yinlarini tomosha qilish qiziq. U nafaqat boshqa jamoalar tsingari g'alaba qozonishni, balki chiroyli futbol o'ynab, buni ma'lum bir tarzda amalga oshirishni xohlaydi. Payshanba kuni hayajonli o'yinni kutyapman.
Ammo, albatta, Italiya jamoalari bilan oldindan hech narsa bilib bo'lmaydi. «Atalanta» ham ko'proq himoyaviy o'ynadi [ular guruh bosqichida «Ayaks» ni mehmonda 1:0 hisobida mag'lub etishganida].
Biz bunga ham tayyor bo'lishimiz kerak«, -deya niderlandiya klubi ustozining so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, «Ayaks» va «Roma» jamoalari o'rtasidagi Evropa Ligasi chorak finalining birinchi uchrashuvi 8 aprel kuni bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
207