"Atletiko" hujumchisi safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

"Atletiko" klubining tajribali futbolchisi Luis Suares bugungi mashg'ulotlarni muddatidan oldin yakunladi.
Marca nashrining xabar berishicha, 33 yoshli hujumchi bugungi mashg'ulotni mushaklaridagi noqulaylik tufayli tark etgan. Uning qancha muddatga safdan chiqqani esa hozircha noma'lum.
Eslatib o'tamiz, urugvaylik futbolchi ushbu mavsum La Ligada 26 o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 19 ta gol va 2 ta assistni yozdirib qo'ydi.
Manba: MarcaFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195