"Arsenal" o'z hujumchisini sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

Londonning "Arsenal" jamoasi yozgi transferlar oynasida Aleksandr Lyakazettni sotib yubormoqchi, deya xabar bermoqda 90min nashri.
"Kanonirlar" Lyakazettga bo'lgan har qanday taklifni tinglashadi. Sababi, klub bir qancha transferlar uchun pul topishni niyat qilgan.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli hujumchiga "Roma", "Sevilya" va Madridning "Atletiko" klublari qiziqmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Aleksandr ushbu mavsum APLda 26 o'yin o'tkazib, 11 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205