«Milan» va «Yuventus» o'zaro futbolchi almashtirishni rejalashtirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Italiya A Seriyasining eng yaxshi ikki klubi o'zaro o'yinchilarni almashtirishi mumkin.
«Yuventus» yarimhimoyachisi Federiko Bernardeski «Milan»ga o'tishi mumkin, «Milan» himoyachisi Alessio Romanoli esa Turin klubining futbolchisiga aylanishi mumkin.
Klub vakillari potentsial almashinuv imkoniyatlarini muhokama qilish uchun uchrashuv o'tkazmoqchi. Muzokarada ikkala futbolchining ishlarini yuritadigan, agent Mino Rayola ishtirok etadi.
Ikkala futbolchining ham o'z klublari bilan tuzgan shartnomalalr 2022 yilda nihoyasiga etadi.
Romanoli ushbu mavsumda A Seriyaning 20 o'yinida maydonga tushib, 1 gol va 1 golli pasga mualliflik qilgan. Bernardeski esa Italiya chempionatining 24 uchrashuvida ikkita golli uzatma amalga oshirgan.
Manba: Goal
Bosh sahifaga
197