«Manchester Siti» — «Borussiya» o'yini hakami Xolanddan dastxat oldi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 229

Dortmundning «Borussiya» klubi Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichi doirasida «Manchester Siti» mehmoni bo'lib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Dortmundliklar hujumchisi Erling Xoland mazkur o'yinda gol urmadi, ammo uchrashuvdan so'ng hakamga dastxat qo'yib berdi.
Bosh hakam Sebastyan Georgening yordamchilaridan biri norvegiyalik futbolchini tribuna ostida kutib turib, Xolanddan dastxat so'radi. Erling bu iltimosni rad qilmadi va imzo chekib berdi.
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ushbu voqeaga o'z munosabatini bildirdi.
«Menga o'yinchilar bu haqda aytishdi. Ehtimol, u Xolandning fanati bo'lsa kerak. Balki, u mazkur dastxatni o'z farzandi uchun olgandir. Shu paytgacha bunaqasini ko'rmagandim. Hakamlar esa o'yinni yaxshi boshqarishdi», — dedi Gvardiola.
A referee’s assistant should not be asking a player for autographs after a match in the tunnel as happened with Haaland.
UEFA won’t want to see this surely pic.twitter.com/nA94n3k27W

Bosh sahifaga
305