Dibala safga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala Italiya chempionati doirasida "Napoli"ga qarshi 7 aprel kuni bo'ladigan o'yinda ishtirok etishga tayyor. Bu haqda klub bosh murabbiyi Andrea Pirlo xabar berdi.
«Dibala safga qaytdi va umumiy guruhda shug'ullandi. U to'p bilan ishlamoqda va o'zida og'riq his qilmayapti. U 3 oy davomida maydondan tashqarida qoldi. Ammo ertangi bahsda ishtirok etishga tayyor. Tabiiyki, u 90 daqiqa o'ynay olmaydi, ammo uning qaydnomaga kiritilgani yaxshi xabar», - dedi Pirlo.
Eslatib o'tamiz, «Yuventus» - «Napoli» uchrashuv chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan 21:45da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
150