Neymar 5 yillik shartnoma imzolashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 231

Braziliyalik iqtidor egasi Neymar PSJ bilan 5 yillik shartnoma imzolashga tayyor, deya xabar bermoqda Telefoot nashri.
Bu shartnomaga ko'ra, 29 yoshli futbolchining maoshi hozirgidek 30 million evro atrofida bo'ladi. Shuningdek, bitimda ko'plab bonuslar ham mavjud. Parijliklar bu masalaning tezroq hal bo'lishidan umidvor.
Neymar va uning atrofidagilar shuni biladiki, unga hech qaysi jamoa PSJ kabi maosh to'lay olmaydi.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchining Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219