"Arsenal" "Milan" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

Londonning "Arsenal" jamoasi yozgi transferlar oynasida erkin agentga aylanishi kutilayotgan "Milan" futbolchisi Xakan Chalxanoglu bilan shartnoma imzolashi mumkin.
"Kanonirlar" yozda ijara muddati yakuniga etadigan "Real Madrid" futbolchisi Edegorni o'z safida olib qolishga to'liq amin emas. Shu sababli, klub boshqa variantlarni ham ko'rib chiqmoqchi.
Eslatib o'tamiz, turkiyalik futbolchi "Milan" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagan taqdirda, boshqa klubga yo'l olishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219