Mbappe: «Futbol - muxlislar uchun»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe futbol muxlislar uchun o'ynalishiga urg'u berdi. U barcha futbolchilarning auraga hissiyot ulashishini xohlaydi.
«Men stadionlarga tashrif buyurganimda futbol jozibasidan bahra olaman. Menimcha, ko'pchilik ham shunaqa. Ular ijtimoiy hayotidagi muammolarni unutish uchun ham stadionlarga kelishadi.
Futbolchilar ham maydonda shu narsani his qilishlarini xohlayman. Futbol - avvalo muxlislar uchun. Murabbiyning taktikalari va bir xil rejimdagi qoliplar o'yinga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu kabilar chegaradan chiqib ketmasligi kerak», - deydi Mbappe.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
115