Pro liga. «Dinamo» «Orol» mag'lub etib, peshqamlikni saqlab qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189

Pro liga 3-turi doirasida turnir jadvali peshqadami «Dinamo» Samarqandda «Orol»ga qarshi maydonga tushdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvda vakillarimiz 3:2 hisobida zafar quchishdi. Shu kuni samarqandliklar safidagi 23 yoshli ukrainalik yarimhimoyachi Oleg Marchuk bahsda dubl qayd etdi. Yana bitta golga Timur Usmonov mualliflik qildi. Natijada «Dinamo» 3 o'yindan keyin 9 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi.
Pro liga. 3-tur.
5 aprel (dushanba)
«Dinamo» - «Orol» - 3:2
Hakam: Abdurashid Xudoyberganov (Toshkent)
Gollar: Oleg Marchuk 6, 35, Temur Usmonov 41 - Navro'z Alimov 10, Amir Abdiraziev 68.
«Dinamo»: 12. Dilshod Hamroev (1.Farhod Rahmatov, 72), 7. Shoxruhbek Abdurahmonov, 8. Humoyun Sherbo'taev, 9. Temur Usmonov (Mixaylo Udod, 65), 15. Obid Jo'raboev, 16. Jasur Hasanov, 17. Temur Ismoilov (Faxriddin Alimov, 70), 21.Muhammadqodir Hamraliev, 26. Komil Sharofutdinov, 77. Sardor Eminov, 88. Oleg Marchuk.
«Orol»: 16. Ulug'bek Bekbosinov, 8. Miras Karlibaev, 9. Nurlibek Talasbaev, 10. Navro'z Alimov, 13. Albert Sidikov, 17. Amir Abdraziev, 18. Islam Seytnazarov, 20. Jamshid Gulmirzaev, 23. Nodir Nurmatov, 24. Norxon Sheripov, 77. Erbol Seytnazarov.

Bosh sahifaga
257