Xolandning transferi bir nechta kishining cho'ntagini to'ldirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 396

Yaqin kunlar orasida «Borussiya» Dortmund hujumchisi Erling Xoland transferi barcha OAVlarning e'tibor markaziga tushgan.
Hozircha «asalarilar» futbolchisiga 180 million evro narx belgilagan. Agarda ushbu transfer amalga oshib qoladigan bo'lsa, nafaqat dortmundliklar, balki Erlingga yaqin insonlar uchun ham bu ancha foydali bo'lishi mumkin.
Xususan, ushbu narxdan norvegiyalikning agenti Rayola uchun 20 million va futbolchining otasi uchun ham xuddi shuncha summadan foyda tegishi mumkin. Shuningdek uni sotib olgan klub Holandga yiliga 30 million evro maosh to'lashiga to'g'ri keladi.
Faqat buning uchun ushbu transfer joriy yil amalga oshishi kerak. Kelasi yildan esa uning narxi keskin tushib ketishi mumkin.

Bosh sahifaga
248