Manjukich yozda "Milan"ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

"Milan" klubi futbolchisi Mario Manjukich mavsum yakunida klubni tark etishi mumkin.
"Rossonerilar" 34 yoshli hujumchi bilan hamkorlikni davom ettirmaydi va uning shartnomasi iyun oyida o'z yakuniga etadi.
Marioning shartnomasida 2022 yilgacha uzaytirish to'g'risida band bor, ammo klub sport direktorlari Paolo Maldini va Frederika Massaruni xorvatiyalikning ko'rsatayotgan o'yini qoniqtirmayapti.
Eslatib o'tamiz, Manjukich qishda erkin agent sifatida "Milan"ga kelib qo'shildi. U A Seriyada 4 ta o'yin o'tkazib hali gol urishga muvaffaq bo'lmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
293