O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Hindistonni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Olmaliqdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida bugun Hindistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Uchrashuv tugashiga 3 daqiqa qolganida kiritilgan yagona gol vakillarimizga g'alaba keltirdi. Maftuna Shoyimova darvozagacha 30 metrlar masofadan belgilangan jarima zarbasini golga aylantirdi: to'p ustunga tegib, to'rga borib tushdi.
Yig'in davomida O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 11 aprel kuni OKMK stadionida Belarusga qarshi maydonga tushadi.
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi, 5 aprel
O'zbekiston – Hindiston - 1:0 (0:0)
Gol: Maftuna Shoyimova (87)
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
286