Zlatan va «Milan» shartnomani uzaytirish borasida kelishib olishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich klub bilan yangi shartnoma imzolaydi. MilanNews tarqatgan xabarga ko'ra, tomonlar shartnomani bir yilga uzaytirish borasida kelishib olishdi.
«Rossoneri» bir nechta hafta davomida shvetsiyalik futbolchi bilan muzokara olib borib, so'nggi kunlarda kelishuvga erishdi. Hozirda shartnomaning so'nggi bandlari muhokama qilinmoqda.
Yaqin kunlarda 39 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolangani haqida xabar tarqatilishi kutilmoqda.
Ibrahimovich A seriyaning joriy mavsumida 16ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280