La liga. «Atletiko» Andalusiyada «Sevilya»ga yutqazdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 202

Ispaniya La Ligasi 29-turida Madridning «Atletiko» klubi 4 aprel, yakshanba kuni «Sevilya» maydoniga safar qildi.
Turning markaziy uchrashuvida mezbon jamoa «Sevilya»ning qo'li baland keldi. Bellashuv taqdirini hal qilgan yagona gol 70-daqiqada Markos Akunya tomonidan kiritildi.
Andalusiyaliklar uchrashuvdagi hisobni 8-daqiqadayoq ochishlari mumkin edi. Ammo Okampos tomonidan yo'llangan penalti zarbasini Yan Oblak qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
Ushbu g'alabadan keyin ochkolari soni 58 taga etgan «Sevilya» musobaqa jadvalida 4-pog'onada bormoqda. «Atletiko» (66) esa mag'lubiyatga qaramay hamon peshqadam bo'lib turibdi. Ammo jamoada ochko yo'qotish uchun boshqa imkoniyat qolmadi. Aks holda klub peshqadamlikni boy beradi.
Ispaniya La ligasi, 29-tur
4 aprel, yakshanba
«Sevilya» — «Atletiko» 0:1
Gol: 1:0 – 70 Akunya.
«Sevilya»: Bunu, Kunde, Diego Karlos, Navas, Akunya, Jordan (Gudel, 87), Rakitich, Suso (Gomes, 77), Fernando, Okampos (Vaskes, 87), de Yong (En-Nesiri, 63).
«Atletiko»: Oblak, Tripper, Ximenes, Ermoso (Kondogbia, 74), Felipe, Saul, Lorente, Lemar (Errera, 74), Koke, Lodi (Korrea, 34), Suares.
Ogohlantirishlar: Felipe (5), Diego Karlos (10), Suares (56), Akunya (56), Lorente (79), Kondogbia (86).

Bosh sahifaga
224