APL. «Manchester Yunayted» irodali g'alabaga erishdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198

Angliya Premer Ligasi 30-turi doirasida «Manchester Yunayted» 4 aprel, yakshanba kuni o'z maydonida «Brayton»ni qabul qildi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida Denni Uelbek sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol etib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limning 62-daqiqasida Markus Reshford Brunu Fernandeshning uzatmasini golga aylantirgan holda oradagi farqni yo'qqa chiqardi. 83-daqiqada esa Meyson Grinvud «qizil iblislar»ga g'alaba keltirgan golni urdi. Shu tariqa Manchester klubi o'z maydonida kambek amalga oshirib, muhim bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdi.
Mazkur g'alabadan keyin «Manchester Yunayted»ning ochkolari 60 taga etdi, jamoa musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. «Brayton» esa 32 ochko bilan 16-o'rinni band etgan.
APL, 30-tur
4 aprel, yakshanba
«Manchester Yunayted» — «Brayton» 2:1
Gollar: 0:1 – 13 Uelbek, 1:1 – 62 Reshford, 2:1 – 83 Grinvud.
«Manchester Yunayted»: Henderson, Maguayr, Lindelof, Uan-Bissaka, Shou, Brunu Fernandesh, Fred, Pogba (Maktomini, 84), Kavani (van de Bek, 82), Reshford (Jeyms, 72), Grinvud.
«Brayton»: Sanches, Uayt, Veltman, Dank, Gross, Moder (Jahonbaxsh, 87), Lallana (Zekiri, 88), Bissuma, Trossard (Mak Allister, 63), Uelbek, Mope.
Ogohlantirishlar: Gross (42), Kavani (63), Uayt (66), Grinvud (89).

Bosh sahifaga
246