Joze Mourino: «Bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourino «Nyukasl»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Hafsalam pir bo'ldi. Biz mazkur o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi. Biz bu erga g'alaba qozonish uchun kelgan edik. Biz butun bahs davomida «Nyukasl»ga o'yinda qolish imkoniyatini berdik. Albatta, bizda bir nechta imkoniyatlar bo'ldi. Hisobni 3:1ga etkazganimizda, o'yin taqdirini hal qilishimiz mumkin edi. Yuz foizli imkoniyatdan keyin darhol gol o'tkazib yubordik.
Mashg'ulotda biz doimo ko'p ishlayman, ammo xatolar bor. Men esa ularni xato deb aytmagan bo'lardim», - dedi Mourino.
«Tottenxem» 49 ochko bilan jadvalda 5-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259