Dibala APL klubi taklifi rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 229

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dybala yozgi transferlar vaqtida klubini o'zgartirishi mumkin.
Argentinalikning amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxiriga qadar tuzilgan. Mish-mishlarga ko'ra, futbolchi «keksa sinore»ning yangi mehnat shartnomasi bo'yicha taklifini rad etgan.
Shuningdek, Dibalaning klub bilan munosabatlari yomonlashgan va karantin qoidalarini buzish bilan bog'liq holat vaziyatni yanada chigallashtirgan.
Angliyaning «Everton»klubi haqiqatan ham Dibalani transfer qilmoqchi, ammo futbolchi bu variantga umuman qiziqmaydi va ushbu taklifni rad etadi.
Joriy mavsumda Paulo Dibala «Yuventus» safida 16 o'yin o'tkazib, 3 gol urdi va 2 golli pas amalga oshirdi.
Manba: GoalFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273