«Barsa» Messi borasidagi fikridan qaytmagan. Futbolchi esa boshqa narsani xohlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 195

«Barselona» rahbariyati hanuzgacha hujumchi Lionel Messiga umrbod shartnoma taklif qilmoqchi, deya xabar beradi As.
Rahbariyatning fikriga ko'ra, bunday taklif argentinalikni jamoada ushlab turishga yordam beradi.
Messi muzokaralarga tayyor va klub prezidenti Joan Laporta bilan otasi Xorxening uchrashishiga qarshi emas.
Shu bilan birga, Messi qolishi uchun rahbariyatiga bir qator shartlar taqdim etgan. Ular orasida Laportaning aniq sport loyihasi, «Barselona»ning Chempionlar Ligasida qanday qilib g'alaba qozonish rejasini ochiq-oydin ko'rish ham bor.
«Ko'k-anorranglilar» sardori mavsum yakuniga qadar shartnoma borasida bir qarorga kishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
286