«Chelsi» futbolchisi jamoani tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

Londonning «Chelsi» klubi yozgi transfer oynasida frantsiyalik himoyachi Kurt Zuma bilan xayrlashmoqchi, deb xabar beradi Daily Express.
Futbolchiga «Everton» va «Lester» jamoalari qiziqish bildirmoqdalar.
Ma'lumot uchun, joriy mavsumda 26 yoshli Zuma «Chelsi» tarkibida barcha musobaqalarda 29 o'yin o'tkazdi va 4 golga mualliflik qildi.
Eslatib o'tamiz, uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223