Boks. Murodjon Ahmadaliev super jangda g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 211

Toshkentdagi "Humo" arenasida kechgan boks kechasining so'ngi jangida ringga ko'tarilgan Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi ringga ko'tarildi. Jangning dastlabki raundlari teng kurashlar ostida kechdi. Ikkala bokschi ham birinchi navbvtda ehtiyotkorlikka amal qildi. Qarama-qarshilikning 4-raundiga kelib, Murodjon Ahmadaliev Ryosuke Ivasaning tana qismiga aniq zarbalar yo'lladi. Murodjon yaponiyalikka aperkot zarbalarni berdi.
Beshinchi raundda Ahmadaliev zarbalar seriyasini ijro etdi va hakam jangni muddatidan avval jangni to'xtatdi.
Ahmadaliev mazkur g'alabadan keyin o'z kamarlarini himoya qildi.
Shu tariqa Toshkentda o'tgan boks kechasi o'z nihoyasiga etdi. Musobaqada ringga ko'tarilgan 8 nafar o'zbekistonlik bokschining barchasi g'alabaga erishdi.
Eslatib o'tamiz, Ahmadaliev 2020-yilning yanvarida Daniel Romanni mag'lub etib, bir yo'la ikkita chempionlik kamariga ega chiqqandi.

Bosh sahifaga
230