Boks. Shahram G'iyosov 3-raundda raqibini maydonga qulatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 192

Toshkentda o'tkazilayotgan boks oqshomining navbatdagi janggida hamyurtimiz Shahram G'iyosov meksikalik Patrisio Lopes Morenoga qarshi jang olib bordi. 1-raund birozgina Shahramning ustinligi ostida kechdi. Ikkinchi raund oxirrog'ida esa jangdagi hisob ochildi. Ya'ni G'iyosov raqibini nakdaun holatga tushirib qo'ydi. Jangning uchinchi raundi so'ngida vakilimiz Lopesning tanasiga ketma-ket zarbalar yo'lladi va meksikalik charm qo'lqop ustasi ring markaziga quladi. Bu holatni kuzatib turgan uchrashuv hakami jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Shunday qilib, 7-jangda ham vakilimiz g'alaba qozondi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228