«Valyadolid»ning 6 nafar o'yinchisi «Barsa»ga qarshi o'yin arafasida koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

FIFA kunlaridan so'ng La liga klublardan barcha o'yinchilarni koronavirusga test topshirishni va hisobotlarni taqdim etishni talab qildi.
«Barselona» futbolchilari topshirgan testlarning hammasi salbiy natija berdi. «Valyadolid» klubining esa 6 nafar a'zosida koronavirus aniqlandi. Kasallikka chalinganlar orasida Roberto, Luis, Kike, Michel va Xoakin kabi o'yinchilar bor.
Agar bahs o'tkaziladigan bo'lsa, COVID-19ga chalingan futbolchilar o'yinda ishtirok eta olishmaydi.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» - «Valyadolid» uchrashuvi 5 aprel, dushanba kuniga belgilagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194