A Seriya. «Milan» o'z uyida ochko yo'qotdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 182

Italiya A seriyasining 29-turida «Milan» 3 aprel, shanba kuni «Sampdoriya»ni qabul qildi.
Bellashuvda tomonlar murosa yo'lini tanladi. 57-daqiqada Fabio Kualyarella hisobni ochib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 2 daqiqa o'tib esa mehmonlar futbolchisi Adrien Silva maydondan chetlatildi.
O'yinning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida esa Yens Heuge muvozanatni tikladi. O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda "rossoneri" g'alabani ilib ketishi mumkin edi. Ammo to'p "Fiorentina" darvozasi ustuniga tegib qaytdi.
Shu tariqa, «Milan» o'z maydonida so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
29-turdan keyin Milan klubi 60 ochko bilan 2-pog'onada bormoqda. «Sampdoriya» esa (36) 10-o'rindan joy olgan.
Italiya A seriyasi, 29-tur
3 aprel, shanba
«Milan» — «Sampdoriya» 1:1
Gollar: 0:1 – 57 Kualyarella, 1:1 – 87 Heuge.
«Milan»: Donnarumma, Teo, Tomori, Ker, Salemakers (Kalulu, 46), Bennaser (Tonali, 60), Kessie, Krunich (Rebich, 60), Chalxano'g'lu, Kastilexo (Heuge, 74), Ibrohimovich.
«Sampdoriya»: Audero, Tonelli, Bereshinski, Kolli, Aujello (Yosida, 89), Damsgor (Verre, 90), Adrien Silva, Kandreva (Leris, 90), Torsbyu, Gabbyadini (Askildsen, 62), Kualyarella (Keyta Balde, 84).
Ogohlantirishlar: Kolli (32), Torsbyu (39), Salemakers (45), Adrien Silva (45), Bennaser (50), Kandreva (73).
Chetlatish: Adrien Silva (59).

Bosh sahifaga
189