Keyn Ispaniya grandiga o'tishni xohlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196

"Tottenxem" klubining etakchi futbolchilaridan biri Harri Keyn faoliyatini Angliyadan tashqarida sinab ko'rmoqchi. Shu bilan birga, "shporlar"raqiblarini kuchaytirmaslik uchun Keynni APL klublariga sotmaydi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Keyn Kataloniyaning "Barselona" klubida o'ynashni xohlamoqda. Shuningdek, "ko'k-anorranglilar" ham futbolchi haqida ijobiy fikrda. Klub uning tajribasiga ishonadi va Xolandni qo'lga kirita olmagan taqdirda Keyn variantini ham ko'rib chiqishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, angliyalik hujumchi ushbu mavsum Premer-Ligada 27 o'yin o'tkazib, 17 ta gol va 13 ta assistni o'z hisobiga yozib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
350