Ueyn Runi APL tarixidagi eng yaxshi chet ellik hujumchi nomini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 228

«Manchester Yunayted» sobiq hujumchisi va hozirda «Derbi Kaunti» bosh murabbiyi hisoblangan Ueyn Runi «Manchester Siti»ni tark etayotgan Serxio Aguero haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Agueroning o'yiniga aql bovar qilmaydi, u Premer Liga tarixidagi eng yaxshi chet ellik hujumchilardan biri. Biroq menga tanlashni taklif qilishsa, u holda Terri Anrini aytgan bo'lardim. Undan keyingi o'rinlarga Aguero, Rud van Nistelroy, Dennis Bergkamp va Erik Kantonani qo'yardim.
Biroq Aguero shubhasiz APLning buyuk o'yinchilaridan biri. U ajoyib futbolchi. Ishonchim komil, «Siti»da uning yo'qligi bilinadi, Premer Ligada ham. Sababi u juda sifatli o'yinchi", — dedi Ueyn Runi.
Aguero 2020/21 yilgi mavsum yakunida «Manchester Siti»ni tark etishini ma'lum qildi. Tomonlar joriy mavsum yakuniga etadigan shartnomani uzaytirmaslik qaroriga kelgan.

Bosh sahifaga
178