Bugun Andijondagi o'yinda VAR bilan bog'liq nosozlik yuzaga kelishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

O'yindan tashqari holatni aniqlash mexanizmi ishlamasligi mumkin.
"Bugun O'zbekiston Superligasining 4-turi doirasidagi «Andijon» – “Mash'al” bahsida VAR tizimi faoliyat olib borishidan xabaringiz bor.
Ayni daqiqalarda VAR mutaxassislari stadionda texnikani o'rnatish ishlarini yakunlashmoqda. VAR mutaxassislarining ma'lumot berishicha, yuzaga kelgan kichik texnik muammo sabab bugungi uchrashuvda o'yindan tashqari holatni aniqlab beruvchi tizim ishlamasligi ehtimoli mavjud.
Agar o'yin startiga qadar mazkur texnik muammo bartaraf etilmasa, offsayd tizimini odatdagidek ko'z yordamida aniqlash lozim bo'ladi. Qolgan barcha jabhada esa VAR faoliyat olib boradi."
Manba: pfl.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182